Navoiyda AQSh bilan hamkorlikda arzon uy-joy quriladi

2019-yilning 2-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12-mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan ko‘rsatmalarini bajarish doirasida Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alisher Abdualiyev «Kalatrava Grase» (AQSh) bosh direktori Maykl Sellman bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Namunaviy bloklarni ishlab chiqarish va arzon uy-joy qurilishi bo‘yicha investitsiya loyihalarini Navoiy viloyatida va keyinchalik respublikaning boshqa mintaqalarida joriy etishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Maykl Sellman O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va qulay sharoitlarni yuqori baholadi va qisqa muddatda O‘zbekistonda sifatli, ishonchli va arzon uy-joylarni qurish imkonini beradigan kompaniyaning mazkur loyihalari ilg‘or texnologiyalar va innovatsion texnik yechimlarni qo‘llagan holda amalga oshirilishini ta’kidladi.
Navoiy viloyatida bloklar ishlab chiqarish va arzon uy-joylarni qurish bo‘yicha 100 mln. AQSh dollariga teng qiymatdagi loyihalar O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi ko‘magida tayyorlangan va 12-mart kuni davlatimiz rahbarining Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida taqdim etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter