Navoiy hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Kamolov Erkin Shamsiddinovich Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlangunga qadar Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
E.Kamolov 1987 yilda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2009 yilda Toshkent avtomobil yo‘llar institutini tamomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter