Narpay tumani hokimi vazifasidan ozod etildi
Bugun, 21-noyabr kuni xalq deputatlari Narpay tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Jabborov Botir Shukurovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Narpay tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha Samarqand viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan Rahmanov Sherzod Shuxratovich tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter