Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi tungi klubning 18+ video reklamasiga izoh berildi

Namangandagi tungi klubning 18+ video reklamasiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi tungi klubning behayo reklamasi aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, viloyatning Davlatobod tumanida joylashgan «Rome» tungi klubining Facebookdagi sahifasiga videorolik joylangan. Bu videoda shu yilning 13 mart kuni klubda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan shouning reklamasi aks etgan. Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan surishtiruv o‘tkazilganida video «Rome» restoranida olingani, bundan maqsad mijozlarni jalb qilish bo‘lgani aniqlangan.

Restoran ish yurituvchisi vazifasida ishlovchi 25 yoshli yigit bu rolik faqat reklama uchun olinganini, maxsus shouda bunday «tomosha» ko‘rsatilmasligini aytgan.

«Videochilarni chaqirdim. Ular g‘oya berishdi. Biz bunday bo‘lishini aytmagan edik. Tasvirchilarning xatosi bilan video ozgina xunuk tarzda chiqibdi. Bunchalik ommalashib ketishini bilmagan edik. Pushaymonmiz qilgan ishimizdan. Uzr so‘raymiz», — deydi yigit.

Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring