Namanganda O‘zbekistonning 16 xorijiy davlatdagi elchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2018-yil 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining 16 ta xorijiy davlatdagi diplomatik missiyalarining rahbarlari va mas’ul xodimlari Namangan viloyatiga keldi. Bu haqda «Xabar.uz»ga jurnalist Oqilxon Dadaboyev xabar berdi. Mazkur tashrifdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad investitsion muhit va imkoniyatlarni o‘rganish, tadbirkor va ishbilarmonlar vakillari bilan muloqot qilish, aniq investitsiya takliflarini ishlab chiqish hamda kelgusida investorlarni jalb etish va shu orqali eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan.
Viloyat hokimligida shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimizning Singapur, Avstriya, O‘mon Sultonligi, Pokiston, Hindiston, Belgiya, Misr, Ozarbayjon, Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Quvayt, Turkiya, Eron, Fransiya, Birlashgan Arab Amirligi davlatlaridagi favqulodda va muxtor elchilari va ularning savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchilari hamda viloyat, shahar va tuman hokimlari, ularning tegishli o‘rinbosarlari, viloyatdagi boshqarmalar boshliqlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari qatnashdilar.
Viloyat hokimligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, diplomatik missiyalar vakillari bir necha kun davomida Namanganning barcha shahar va tumanlarida ish olib boradilar.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respubikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alisher Abduvaliyev, Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov ishtirok etdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter