Namanganda izzat-ikrom bilan kuzatilgan Bozorov Farg‘onada qarsaklar bilan qarshi olindi
Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimlari o‘zgarishiga oid xabarlar rasman tasdiqlandi. Keyingi olti oy davomida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2016-yildan beri Namangan viloyatini muvaffaqiyatli boshqarib kelgan Xayrullo Bozorov joriy yilning bugunidan Farg‘ona viloyatiga rahbarlik qiladi.
E’tiborlisi, X. Bozorov Namangandan izzat-ikrom bilan kuzatib qo‘yilgan bo‘lsa, Farg‘onada qarsaklar bilan kutib olindi.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati
Shu paytgacha Farg‘ona viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Shuhrat G‘aniyev Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangani hali rasman tasdiqlangani yo‘q. Biroq Farg‘onada bo‘lib o‘tgan bugungi yig‘ilishda mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov uni o‘ziga o‘rinbosar bo‘layotganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter