Namanganda ham Xalq qabulxonalariga «Cobalt» berildi
Namanganda shahar va tumanlar Xalq qabulxonalariga 12 ta «Cobalt» rusumli xizmat avtomashinasi kalitlari tantanali topshirildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga jurnalist Oqilxon Dadaboyev xabar berdi.
Xalq qabulxonalarini xizmat avtomashinalari bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, viloyat hokimligi ko‘magida mahalliy budjetdan mablag‘ yo‘naltirildi.
O‘z navbatida Xalq qabulxonalari mudirlari ham muntazam ravishda chekka va olis hududlarda ommaviy qabullar o‘tkazish, aholi muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uyma-uy yurish orqali o‘rganish, tadbirkorlik sub’yektlari, ijtimoiy va boshqa ob’yektlardagi muammolarni aniqlash hamda hal etish yo‘lida sidqidildan xizmat qilishlarini bildirgan.
Avvalroq, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijondagi Xalq qabulxonalariga «Cobalt» avtomobillarini topshirgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter