Mustaqillik bayrami munosabati bilan afv e’lon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan 65 nafar mahkumga nisbatan afv e’lon qilish haqidagi Farmonga imzo chekdi. Bu haqida huquqshunos-bloger Xushnud Xudoyberdiyev «O‘zbekiston 24» telekanaliga asoslanib xabar berib o‘tdi.
Farmonga binoan, 17 nafar shaxsning jazosi to‘liq bekor qilindi, 13 nafari jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod etildi, 20 nafar shaxsning jazosi yengilrog‘iga almashtirildi, 14 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo muddati qisqartirildi, 1 nafar shaxs esa ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasidan ozod etildi.
Afv etilganlarning 39 nafari taqiqlangan tashkilotlardagi faoliyati uchun javobgarlikka tortilgan edi.
Afv etilganlarning 1 nafari 60 yoshdan oshgan shaxs bo‘lib, 4 nafari ayollardir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter