«Mumkin emas» – muvaffaqiyatning tayanch nuqtasi
Siz xaritaga ega bo‘lmay turib, uzoq manzillarga borish haqida o‘ylamaysiz! Usiz mashinada sayohatga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rishni ham xayolingizga keltirmaysiz, shunday emasmi?
Ammo yuz nafar odamdan faqat ikkitasi hayotdan nima istashini anglab, uni amalga oshirishning aniq rejasiga ega bo‘ladi. Bu toifa erkak va ayollar o‘zining har bir qadamini nazorat qiladi. Ular omadli insonlar hisoblanib, hayotni o‘z hisob-kitoblari bo‘yicha tovon to‘lashga majbur etadi.
Eng qizig‘i shundaki, dastlab bu odamlarning ulkan imkoniyatlari yo‘q edi. Boshqalardan ko‘ra hech kim ularday tobora yuksalish yo‘liga muyassar bo‘lmagandi.
Agar siz o‘z xohish-istagingizni amalga oshirishga qat’iy ishonsangiz, bunga erishishdan yaxshi xabardor bo‘lsangiz, albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Teskarisi bo‘lsa, hozirning o‘zida. shu daqiqa ichida dadil qadam tashlang: aynan qancha va qachon ishonchga ega bo‘lishni istaysiz ─ shuni aniq hal eting.
Bu sizning maqsadga erishish formulangiz. U to‘rt qismdan iborat:
- Hammadan ko‘proq narsaga ega bo‘lish istagingiz bo‘yicha aniq ma’lumotlarni yozib chiqing. Har bir holat yoki vaziyatni, ya’ni muvaffaqiyatga erishish uchun zarur omillarni qayd eting. Bu borada nimalar mumkin, deb o‘ylasangiz, hammasini qog‘ozga tushiring.
- O‘z xohish-istagingiz ob’yektini qo‘lga kiritish bilan bog‘liq muayyan rejani yozib chiqing. Buning uchun nimalar qilish kerakligini aniq belgilang.
- Maqsadingizni ro‘yobga chiqarishning muayyan muddatini qayd eting.
- Nimalarni yozgan bo‘lsangiz, ularni har kuni xuddi ibodat kabi takrorlang. So‘zlaringizni har safar Yaratganga shukronalik, minnatdorchilik bildirib tugating. Hatto maqsadingizga erishgan, siz intiladigan ob’yektlar haqiqatan haligacha sizga qaram bo‘lsa ham, bu ishni davom ettiravering.
Agar yuqoridagi ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilsangiz, hayotingiz shunchalik o‘zgaradiki, bundan hayron qolasiz. Mazkur formula sizni ko‘zga ko‘rinmas sherik bilan ittifoq tuzishga olib boradi. U yo‘lingizdagi to‘siqlarni uloqtirib tashlaydi va, hatto o‘zingiz orzu ham qilmagan qulay imkoniyatga jalb etadi.
Ushbu ish tartibini maxfiy tuting, ana shunda inson ruhiyatining chuqur qonuniyatiga rioya qilayotganingizni hamma narsadan shubhalanadigan spektiklar ham tushunmaydi hamda sizga xalaqit berishmaydi.
Yodingizda tuting, bularning barchasi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, ammo kimdir qanday bo‘lmasin, harakatga keltirmog‘i kerak-ku! Bu shaxsiy muvaffaqiyatni qo‘lga kiritishga ham aloqador. Har qanday muvaffaqiyat – aniq xatti-harakatlar natijasi bo‘lib, o‘z muvaffaqiyatiga o‘zini moslashtirib, maqsadi amalga oshishiga ishongan kishi tomonidan qunt bilan rejalashtirgan va tirishqoqlik bilan uni bajargan bo‘ladi.
Uolter P.Kraysler butun jamg‘armasini avtomobil xarid qilishga sarfladi, chunki mashina ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqchi edi. U ishga doir ma’lumotlardan voqif bo‘lishni xohladi. Uolter avtomobilni qayta-qayta alohida bo‘laklarga ajratar va yana ularni yig‘ardi. Do‘stlari hayron qolib, uni esi og‘ib qolgan, deb o‘ylay boshladilar. Shunga qaramay, Uolter o‘zining maqsadi sari qunt bilan intildi va zamonasining eng ilg‘or, muvaffaqiyatli insonlaridan biriga aylandi.
Kraysler bilan ro‘y bergan voqea orqali siz bilim-salohiyatning yetishmasligi va boshlang‘ich sarmoya hayotda har qanday maqsadni qo‘lga kiritishda to‘siq bo‘lmasligini anglab yetishingiz lozim.
Mariya Kyuri radiyning birinchi kashfiyotchisi edi. Albert Eynshteyn atomning parchalanishi va undan ulkan energiya ajralib chiqishi tomon yo‘l ochdi. Ammo ayni vaqtda hayotda aniq maqsadi bo‘lmagan kishilar buni amalga oshirib bo‘lmaydi, deb hisobladilar. Vaholanki, Eynshteynda maqsad bor edi.
Kimki, hayotda ochiq-oydin, aniq-ravshan maqsadga ega bo‘lsa, uning uchun «mumkin emas» degan so‘z bo‘lmaydi. Bu har qanday muvaffaqiyatning tayanch nuqtasidir. U sizga ham, har qanday kishiga ham yengil, ommabop bo‘lib, butunlay bepuldir. Sizga nimaiki zarur bo‘lsa, barchasi shaxsiy tashabbus va undan foydalanishdan iborat.
Siz hayotdan nima istashingizni bilib olmaguncha, unga muyassar bo‘lish uchun bir qarorga kelmaguncha, qayerga borishni aniq maqsad qilgan kishilarning dasturxonidagi ushoqlardan sal-pal bahramand bo‘lasiz, xolos.
Muvaffaqiyat qozonishga ishonch hosil qiling. Bu maqsad ong-shuuringizni butunlay qamrab olsin. Istagingizni amalga oshirish rejasini puxta o‘ylab chiqing va tuzing. Miyangizdan xohish-istakdan tashqari barcha fikrlarni chiqarib tashlang. Esingizda bo‘lsin, sizda muvaffaqiyat qozongan kishilar rioya etgan omadni amalga oshirishning amaliy formulasi bor.
A.Fathullayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter