Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligi ilk bor FD-2000 havo hujumiga qarshi raketani sinovdan o‘tkazadi

Mudofaa vazirligi ilk bor FD-2000 havo hujumiga qarshi raketani sinovdan o‘tkazadi

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari Markaziy Osiyo geosiyosiy muhitida barqaror o‘rin egallabgina qolmay, nafaqat hududiy, balki mintaqadagi tinchlikni ta’minlashga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, o‘z jangovar qobiliyatini takomillashtirib bormoqda.

Navoiyda joylashgan «Kulquduq» poligonida Qashqadaryo viloyatidagi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘ra qo‘mondonlik mas’ul ofitserlari rahbarligida FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketani sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qildi.

Ta’kidlash joizki,  FD-2000 rusumli raketa O‘zbekistonda ilk bor sinovdan o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring