«Qanot Sharq» samolyoti Farg‘ona aeroportiga qo‘na olmadi
Moskvadan Farg‘onaga uchgan «Qanot Sharq» aviakompaniyasining HH-754 reys samolyoti qalin tuman tushishi sabab Farg‘ona shahri aeroportiga qo‘na olmadi.
Avialayner Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, Sankt-Peterburg - Namangan yo‘nalishidagi samolyot ham Toshkentga yo‘naltirilgan.
Avvalroq, Gidrometeorologiya xizmati taqdim etgan ma’lumotda O‘zbekistonning ko‘p hududlarida tuman tushishi hodisasi kutilishi xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter