Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov: «Bu yo davlat siyosatiga qarshi qilinayotgan ish, yoki...»

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov: «Bu yo davlat siyosatiga qarshi qilinayotgan ish, yoki...»

Foto: Xalqaro matbuot markazi

Bugun, 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining  navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov ushbu yig‘ilishda saylov komissiyalari a’zolariga hali ham oyliklar to‘lanmaganini ma’lum qildi.

«Saylov komissiyalari a’zolariga oyliklar hali ham to‘lanmagani to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasiga ma’lumotlar kelib tushmoqda. Bu masalani hal qilgan edik. Saylovga 10 kun qolganida barcha hududlarga yetarli miqdorda mablag‘larni ajratgan edik. Qanday qilib shu kungacha oyliklarini olmasliklari mumkin. Bu yoki davlat siyosatiga qarshi qilinayotgan ish, yoki saylovlarning obro‘sini tushirishga harakat, deb o‘ylayman. Barcha viloyat mutasaddilari bu masalani oxiriga yetkazishi lozim. Viloyat saylov komissiyalari raislari bu masalani zudlik bilan hal qilishi kerak», — dedi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring