Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 iyundan bolalar bog‘chalarining oliy ma’lumotli xodimlari oyligi oshiriladi

1 iyundan bolalar bog‘chalarining oliy ma’lumotli xodimlari oyligi oshiriladi

Joriy yil 1-iyundan bog‘cha opalarning oylik ish haqi oshiriladi.

Bu borada Prezidentning 2023-yil 26-mayda «Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolangan.

Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring