Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Qashqadaryodagi holatdan tashvish bildirdi

Mirziyoyev Qashqadaryodagi holatdan tashvish bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Voha aholisining 42 foizida ortiqcha vazn muammosi sabab yurak qon-tomir va qandli diabet kasalligi ko‘paygan.

Prezident bu holatdan tashvish bildirib, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirish va viloyatda sog‘liqni saqlash tizimi salohiyatini oshirish zarurligini ta’kidladi. Jumladan, qo‘shimcha ravishda rossiyalik hamkorlar bilan Kitobda zamonaviy kardiologiya markazini barpo etish topshirildi.

Viloyatda mobil poliklinikalar xizmati yo‘lga qo‘yiladi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi negizida 600 o‘rinli zamonaviy klinika tashkil qilinadi.

Yig‘ilish davomida Qashqadaryoda investitsiya, sanoat, turizm, qishloq va suv xo‘jaligi hamda ijtimoiy sohada belgilab olingan asosiy vazifalar yuzasidan viloyat hokimi va boshqa mutasaddilarning rejalari tinglandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring