Mirzacho‘lga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Jizzax–Mirzacho‘l–Jizzax yo‘nalishida shaharlararo poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Masofaning umumiy uzunligi 80 kilometrdan iborat bo‘lib, poyezd Jizzax vokzali va Irjar stansiyasi oralig‘ida harakatlanadi.
Harakat vaqti 2 soatu 10 daqiqani tashkil etadi. Poyezd viloyatning Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarini o‘zaro bog‘lab, ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi aholi uchun ko‘plab qulayliklarni taqdim etadi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ telegram kanali.
Qatnov jadvali ushbu yo‘nalishda istiqomat qiluvchi aholining talab va istaklarini o‘rganib chiqib tuzilgan. Poyezd yo‘nalish bo‘yicha kuniga bir marotaba qat’iy jadval asosida amalga oshiriladi. Ya’ni, soat 6:00da Mirzacho‘ldan yo‘lga chiqib, soat 8:10da Jizzax vokzaliga kirib keladi. Kechki soat 19:00da ortga qaytib, 21:10da Irjar stansiyasiga kirib boradi.
Zamonaviy transport bir vaqtning o‘zida 200 nafardan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Chipta narxi 3 500 so‘m. Bu yo‘nalishlararo qatnayotgan avtomobillarga nisbatan 3 barobar arzon demakdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter