Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatining maqomi oshirildi

Prezident qarori bilan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga aylantirildi.
Qo‘riqlash bosh boshqarmasining shahodatlangan tarkibi Milliy gvardiya xodimlari hisoblanadi va maqomi bo‘yicha ichki ishlar ishlar organlari xodimlariga tenglashtiriladi.
2021 yildan Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlariga har oyda 20% nadbavka beriladi, bundan tashqari, lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsentlari o‘rtacha ikki baravargacha oshirilgan holda qo‘llaniladi.
Hududiy bo‘linmalar soni maqbullashtiriladi. Ob’yektlarni qo‘riqlash tizimi takomillashtiriladi, shahodatlangan tarkib tomonidan qo‘riqlanadigan ob’yektlar bosqichma-bosqich harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalariga o‘tkaziladi, jismoniy qo‘riqlash qisqartirib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter