Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga yangi uylar topshirildi (foto)
Joriy yilning 1 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 30 nafar harbiy xizmatchilariga Nukus shahridagi qurilgan ko‘p qavatli yangi uylarning tantanali topshirilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari Shuxrat Shakirov hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, faxriylar, yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda keyingi yillarda milliy armiyamizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarning xizmat va yashash sharoitini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga yangi xonadonlarining kalitlari topshirilganidan so‘ng mutasaddi tashkilot rahbarlari va mehmonlar bilan birgalikda xonadonlardagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter