Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» ATBda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokama qilindi

«Mikrokreditbank» ATBda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokama qilindi

«Mikrokreditbank» ATBda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Mikrokreditbank rahbariyati, xodimlari hamda «ZOOM» platformasi orqali hududiy bosh boshqarmalar ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Gulnora Marufova Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar yuzasidan ma’ruza qildi.

Tadbirda Konstitutsiyaviy komissiyaga bir oy davomida kelib tushgan 60 mingdan ortiq takliflar mamlakatimizda 2016 yildan boshlangan ochiqlik, oshkoralik siyosatining amaliy natijasi sifatida namoyon bo‘lgani ta’kidlandi.

Davra suhbatida Gulnora Marufova qonun loyihasi bilan Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirish kiritish nazarda tutilayotgani, shuningdek, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilayotganini qayd etdi.

Shuningdek, uchrashuvda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar «Inson – jamiyat – davlat» pritsipiga asoslanganligi, milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettirishi va amaldagi Konstitutsiyaning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutishi borasida fikrlar bildirildi.

Muhokamalar jarayonida Mikrokreditbank xodimlari ham Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring