Migrantlarni deportatsiya qilish tartibini belgilash huquqi Rossiya IIVga beriladi
![Migrantlarni deportatsiya qilish tartibini belgilash huquqi Rossiya IIVga beriladi](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1891248502.jpg)
Rossiya davlat dumasi Ichki ishlar vazirligiga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni deportatsiya qilish tartibini belgilash vakolatini berish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda «Sputnik» xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, deportatsiya qilish tartibini belgilash federal ijro hukumati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bu qonun loyihasi «Rossiyada xorijiy fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida»gi federal qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Avval ta’kidlab o‘tilganidek, Federal migratsiya xizmatida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni deportatsiya qilish tartibini belgilash vakolati bo‘lgan. Federal migratsiya xizmati tugatilib, uning funksiyalari Ichki ishlar vazirligiga o‘tganda bu vakolat berilmagan. Qonun loyihasi bilan IIVga bu vakolatni berish taklif qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter