MIB uch ming nafardan ziyod qarzdorni qidirmoqda
Majburiy ijro byurosi 3 ming nafardan ko‘proq qarzdorni qidirmoqda. Ularning mingdan ortig‘i chet elga chiqib ketgan.
Bu haqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lumot bergan.
Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining tezkor-qidiruv faoliyati natijasida joriy yilning o‘tgan davrida qarzdorligi tufayli 7 ming 800 dan ziyod jismoniy shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, shundan 4,5 mingdan (58 foiz) ortig‘i topilib, majburiy ijro harakatlari o‘tkazilgan.
Hozirda 3 ming 264 nafar qarzdor qidirilyapti, uning 2 ming 149 nafari respublika hududida yashiringan, 1 ming 115 tasi esa chet elga chiqib ketgan.
Qidiruvdagi shaxslar topilishi natijasida qarzdorlardan jami 30 mlrd 700 mln. so‘m undirildi. Shundan 22 mlrd. 800 mln. so‘mi aliment pullari hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter