MIB majburiy kiritib qo‘ygan kelin va qaynona bir-birini jarohatladi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Samarqand shahridagi «Rustam» mahallasidagi Murodqul ismli zo‘rovon birovning uyiga bosqinchilik qilayotganligi aytilmoqda» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Fuqaro F.M. turmush o‘rtog‘i bilan 2020 yilda qonuniy ajrashgan bo‘lib, sudning majburiy tartibda kiritish to‘g‘risidagi karoriga asosan, MIB tomonidan turmush o‘rtog‘ining uyiga majburiy tartibda kiritib qo‘yilgan.
2021 yilning 16 iyun kuni F.M. va uning qaynonasi N.M. o‘rtasida kelib chiqgan janjal oqibatida qaynona va kelin bir-birlariga tan jarohatlari yetkazgan.
Janjaldan xabar topgan F.M. (kelin)ning qarindoshlari N.M. (qaynona)ning yashash uyiga kelib, darvoza yopiq bo‘lganligi sababli darvozani urib, ichkariga kirishga uringan.
Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter