«Men uchun paxta ekish muhim emas...» — Shavkat Mirziyoyev
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan tajriba haqida gapirib o‘tdi.
— Viloyatning jami 15 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari ochiq tanlov asosida aholiga ajratiladi.
Agar bu tajriba tez orada o‘z samarasini bersa, yana kamida shuncha paxta va g‘alla maydonlari kamaytirilib, meva-sabzavot yetishtirishga ajratiladi.
Men uchun paxta muhim emas. Eng muhimi — ekiladigan ekin xalqimizga manfaat olib kelsin, foyda keltirsin. Biz yaxshi yashashga, oyoqqa turishga harakat qilishimiz, izlanishimiz kerak. Shu yurtni ko‘tarish uchun hammamiz birdek harakat qilishimiz shart, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter