Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«McDonald’s» Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan logotipini o‘zgartirdi

«McDonald’s» Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan logotipini o‘zgartirdi

Foto: «Business Insider»

«McDonald’s» kompaniyasi Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan logotipini o‘zgartirdi. Bu haqda korporatsiyaning «Twitter»dagi sahifasida xabar berildi.

«M» harfi shaklidagi logotip teskari tarzda namoyish etilganda lotin harfidagi «W» harifiga o‘xshab qoladi va ayollarga hurmat sifatida «Women» (ayollar-ingliz) so‘zini ifodalaydi. Ushbu ramz ilk bor Kaliforniyaning Linvud shahrida paydo bo‘ldi.

«Mijozlarimizning aksariyat qismini ayollar tashkil etadi. Ularning sharafiga o‘zimizning mashhur logotipimizni teskarisiga o‘zgartirib, undan «W» harfini hosil qildik», — deya «McDonald’s» vakili so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Business Insider» portali.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring