Saida Mirziyoyeva ayollarni bayram bilan tabrikladi
Prezident administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigini yo‘lladi.
«Bugun, 8-mart bayramida yon-atrofdan ko‘plab chiroyli so‘zlar, ajoyib tilaklar eshitamiz. Lekin men yuragimning tubidagi istagimni siz bilan baham ko‘rmoqchiman.
Men jamiyatimizda ayollarga har doim hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini xohlayman. Toki xotin-qizlarimiz zo‘ravonlik va zulm, zararli stereotiplar va kamsituvchi muomala ob’yekti bo‘lmasin.
Men ayollarimiz o‘z huquqlari uchun kurashishlariga zarurat bo‘lmasligini xohlayman. Ular tabiiy ravishda jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lsin, deyman.
Men ayollar o‘zini erkin, kuchli his qiladigan, o‘ziga ishonchi bo‘lgan, maqsadlariga erisha oladigan va orzu qilishdan cho‘chimaydigan jamiyatda yashashini istayman.
Barcha ayollarga baxt, mehr-muhabbat, tinchlik va ehtirom yor bo‘lsin. 8-mart muborak», – deyiladi tabrikda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter