«Maxsustrans» uzoq yillardan beri ilk bor sof foydaga erishdi
«Maxsustrans» IChB tomonidan chiqindilarni yig‘ish, utilizatsiya qilish va poytaxtimizning sanitariya va gigiyena holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
Joriy yil boshidan maishiy chiqindilar to‘planadigan shoh ko‘chalarga, mahallalarga, korxona va tashkilotlarga 100 dan ortiq 1100 litr va 750 litr hajmdagi qutilar, transport vositalariga zamonaviy sputnik orqali kuzatuv uskunalar, yangi yer osti innovatsion shohobchalar o‘rnatildi.
Shuningdek, uzoq yillar davomida ilk bor «Maxsustrans» IChB DUK tomonidan ijobiy iqtisodiy ko‘rsatkich qayd etildi, ya’ni 282 million so‘mlik sof foydaga erishildi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.
2019-yil davomida korxona tomonidan Toshkent shahrida yana 10 ta zamonaviy yer osti chiqindi yig‘ish maydonchalari quriladi, 11 ta chiqindi yig‘ish maydonchalari rekonstruksiya qilinadi, 220 ta chiqindi yig‘ish shahobchalari joriy ta’mirlanadi, 322 dona 750 litr hajmdagi va 230 dona 1100 litr hajmdagi konteynerlar yangilanadi.
Yakka tartibdagi xonadonlarga shartnoma asosida 500 dona yangi tipdagi 120 litr hajmdagi plastik qutilar o‘rnatiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir stuka davomida mahalla va korxonalardan kuniga 1800 tonna chiqindi chiqariladi, bu 45 ta temiryo‘l vagoniga teng. Ushbu chiqindilarni tashish uchun 240 ta og‘ir yuk tashuvchi texnika xizmat ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter