Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Toshkent viloyatida! Maxsus tergov sumkasi haqida eshitganmisiz? (Foto)

Endi Toshkent viloyatida! Maxsus tergov sumkasi haqida eshitganmisiz? (Foto)

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha tergovchi va surishtiruvchi xodimlari tergov harakatlarini o‘tkazish jarayonida turli izlarni, ashyolarni topish, kuzatish, ko‘chirib olish va qayd etish uchun zarur texnik vositalarni jamlagan maxsus tergov sumkalari bilan ta’minlandi.

— Mazkur maxsus tergov sumkalari zamonaviy foto va video tasvirga oladigan apparaturalar, turli izlarni mustahkamlash va ko‘chirib olishda ishlatiladigan vositalar, o‘lchov va optik (lupalar) asboblar, yozuv-chizuvlar tayyorlash va ularni qayd etish vositalari bilan jihozlangan bo‘lib, dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar va sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullarini qo‘llashda tergovchi va surishtiruvchilarga o‘zlariga yuklatilgan vazifalarini samarali amalga oshirishlari uchun yanada qulaylik yaratadi, — dedi Toshkent viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Olim Saidov.

Tergov boshqarmasi sumkasi
Foto: «Xabar.uz»

Bu kabi maxsus sumkalar tergovchi va surishtiruvchilar tomonidan jinoyatlarni fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilishda ularga dalillarni topish, qayd etish, olish va tadqiq qilish jarayonida juda ham katta amaliy ahamiyatga egadir.

Foto: «Xabar.uz»

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring