Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori «Jurnalistlar klubi»ni tashkil etishni taklif qildi
Bugun Matbuot va axborot agentligi tashabbusi bilan «Jinoyatchilikning oldini olish hamda unga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni: talab va tavsiyalar» mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda agentlik Bosh direktori Laziz Tangriyev huquqiy mavzuda yozadigan jurnalistlar uchun «Jurnalistlar klubi»ni tashkil etish taklifini ilgari surdi.
— Darhaqiqat, videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda jinoyatchilikning oldini olish borasida ommaviy axborot vositalarining roli juda muhim. Shunday ekan, bu borada samarali natijaga erishish uchun soha ixtisoslashuviga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.
Huquqiy mavzuda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari, shu mavzuni yorituvchi jurnalistlar ishtirokida turkum seminarlar o‘tkazish, shu yo‘nalishda «Jurnalistlar klubi»ni tashkil etish maqsadga muvofiq.
Bu kabi uchrashuvlarni an’anaga aylantirishimiz kerak. Chunki bir yoki ikki uchrashuv, seminarda mavzuni to‘liq tushunib yetishimiz, mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilishimiz mumkin emas, — Laziz Tangriyevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik rasmiy sayti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter