Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Matbuot uyi»ning kelgusi taqdiri ma’lum bo‘ldi

«Matbuot uyi»ning kelgusi taqdiri ma’lum bo‘ldi

Bugun Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bir guruh bosma matbuot nashrlari bosh muharrirlari bilan uchrashdi. Unda bosma matbuot — gazeta va jurnallar faoliyatiga oid muammolar, yangi takliflar muhokama qilindi. Bu haqda Xushnud Xudoyberdiyev xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sherzod Asadov «Matbuot uyi» nomi bilan mashhur bo‘lgan va hozirda sotuvga qo‘yilgan bino uzil-kesil sotuvdan olingani hamda bino kelgusida ommaviy axborot vositalari, jumladan bosma nashrlarga qoldirilishini ma’lum qilgan.

«Matbuot uyi» ning sotuvga qo‘yilishi jurnalistlar orasida salbiy kutib olingan va bir qancha tanqidiy chiqishlar qilingan edi.

Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, ushbu masala Prezident tomonidan nazoratga olingan va ushbu bino zamonaviy talablar asosida qayta quriladi hamda ommaviy axborot vositalari, shuningdek Jurnalistlar uyushmasi foydalanishi uchun topshiriladi.

Bundan tashqari OAVlar, bosma nashrlar hamda Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus qaror loyihalari tayyorlanayotgani ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring