Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook»ning o‘zbek segmentidagi eng yirik guruhlardan biri «Maslahat.uz» — uch yoshda! (foto + video)

«Facebook»ning o‘zbek segmentidagi eng yirik guruhlardan biri «Maslahat.uz» — uch yoshda! (foto + video)

Foto: «Xabar.uz»

«Facebook»ning o‘zbek segmentidagi eng yirik va faol guruhlardan biri «Maslahat.uz» uch yoshga to‘ldi. 2015-yilning 12-aprel kuni o‘zbek tilida o‘zaro maslahat, yordam va tavsiyalar berish maqsadida tashkil etilgan guruh ayni paytda 100 mingdan oshiq a’zoga ega.

Bugungi kunda «Facebook» guruhlar juda ko‘p. Xo‘sh, ularning orasida «Maslahat.uz» guruhi nimasi bilan ajralib turadi?

Kimgadir malakali shifokor, kimlargadir mohir telefon ustasi, mehribon enaga, bolalar uchun sifatli vilosiped kerak deyilik. Yoki bo‘lmasam, kimdir kadastr hujjatlarini tayyorlatishda yoki ishga joylashishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lishi mumkin? Yana kimgadir o‘zi orziqib kutayotgan seriali qachon efirga uzatilishi qiziqroq. Bu kabi savollarning javobini «Maslahat.uz»dan topishingiz mumkin.

Bundan tashqari, guruhda O‘zbekiston va xorijda sodir bo‘layotgan muhim yangiliklar, mamlakatimiz hayotidagi muhim o‘zgarishlar, jamiyatda uchraydigan turli muammolar faol yoritiladi, muhokama qilinadi.

Shu bois ham «Facebook» foydalanuvchilarining aksariyati bu guruhni juda yaxshi bilishadi. Chunki ularning ko‘pchiligi bu yerda o‘zlarini qiziqtirgan savollar, qiynayotgan muammolar, o‘ylantirayotgan masalalarga javob topishgan, qimmatli maslahatlar olishgan. Guruh turli soha mutaxassislari, turli kasb egalari, yer yuzining turli mintaqasida yashayotgan o‘zbekistonliklarni birlashtirgan o‘ziga xos ittifoq desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu yilning 12-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Maslahat.uz»ning uch yoshga to‘lgani munosabati bilan o‘ziga xos bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda guruhning faol a’zolari, respublikaning ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlari, faxriy mehmonlar va «Maslahat.uz» ma’murlari qatnashishdi. Quyidagi fotojamlanma va videorolik orqali tadbir haqida atroflicha taassurotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring