Mariya Stroyevaning «Muvaffaqiyat kimyosi»
Afsonaga ko‘ra, Dmitriy Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvalini tushida ko‘rgan ekan. Bu omadmi yoki tasodif? Aksincha: bu muvaffaqiyat zamirida buyuk olimning uzoq davom etgan mashaqqatli mehnati turadi. Mundoq olib qarasangiz, bizning hayot yo‘llarimiz ham tasodifiy emas. Ba’zida odam boshqa ishni orzu qilmaydiganga o‘xshaydi, lekin uni topganida, u haqiqiy drayvni aynan shu joyda boshdan kechirishi mumkinligini anglab yetadi. Bu Beeline Uzbekistan brendini rivojlantirish va marketing kommunikatsiyalari xizmatining rahbari Mariya Stroyevaning yo‘li. U kompaniyaga o‘zi uchun kutilmaganda kelgan, deyish mumkin. Lekin u mutlaqo o‘z o‘rnini topgani aniq. Kompaniyaning 15 yilligi munosabati bilan u eng yaxshi xodimlardan biri sifatida oltin nishonga sazovor bo‘ldi. Demak, voqealarning barchasi shunchaki tasodif bo‘lmagan.
Taqdir sayti
Ko‘p hollarda, masalan, do‘konga borish butun hayotingizni o‘zgartiradimi? Unday bo‘lmasa kerak. Ammo Mariya Stroyevada shunga o‘xshash narsa bo‘lgan. Butun voqea u o‘z uyidagi internet-provayderini o‘zgartirishiga qaror qilganidan boshlangan. Mariya ma’lumot olish uchun shunchaki beeline.uz saytiga kirgan va tasodifan bo‘sh ish o‘rinlari e’loniga e’tibor qaratgan. O‘sha paytda u brend menejer bo‘lib ishlayotgan va ishini o‘zgartirishni rejalashtirmagan ham edi, lekin shunchaki qiziqish uyg‘ondi: Beeline’da kimlarni qidirishmoqda ekan?
Birinchilardan bo‘lib ro‘yxatda marketing kommunikatsiyalari guruhining rahbari lavozimiga vakansiya turar edi. Qiziquvchanlik tufayli Mariya shablon anketasini to‘ldirdi. O‘sha kuniyoq telefon jiringlab, uni suhbatga taklif qilishgani esa rosa hayratlantirgan!
Mariya o‘sha intervyuni hech qachon unutmaydi: u nafaqat to‘rt soat davom etdi, balki mahalliy rahbarlardan tashqari xalqaro kompaniyaning top-menejerlari ham video havola orqali qo‘shildi! Mariya Beeline Uzbekistan ofisidan kechki soat to‘qqizda chiqib ketarkan, uni unchalik yuqori bo‘lmasada, har holda rahbarlik lavozimiga taklif qilishlariga ishonchi komil emasdi. Biroq, uning nomzodi kompaniyaga to‘liq mos keldi. Ishga qabul qilish haqidagi qaror ertasi kuni chiqdi. «O‘shanda men maosh haqida, har bir xodim kompaniyamizga ishga kelganida oladigan ba’zi imtiyozlar haqida o‘ylamagan ham edim. Fikrlarim faqat bir narsada edi: ular meni chaqirishdi, demak men ko‘p narsaga qodirman!» – deya Mariya Stroyeva o‘sha ondagi his-tuyg‘ularini eslaydi.
Aytgancha, Mariyaning birinchi ish kuni ham g‘ayrioddiy tarzda o‘tdi — to‘g‘rirog‘i, bu birinchi ish oqshomi bo‘lgan. Oldingi jamoadan ishlarni qabul qilish uchun u ofisga soat 18:00 dan keyin kelar edi — kun davomida esa eski joyda «ishlarni tugatishi» kerak edi. 2011 yilning 22 sentyabr kuni Mariya rasman Beeline Uzbekistan xodimiga aylandi.
Vaqt o‘zicha o‘tganda
Mariya Stroyeva Beeline’da guruh rahbari lavozimida ish boshladi. Ammo jamoaga endigina kelib qo‘shilgan va o‘sha paytda jiddiy boshqaruv tajribasiga ega bo‘lmagan odam uchun bu nimani anglatadi? Avvalombor barcha jarayonlarga o‘zi kirishishi, o‘z xatti-harakatlari tufayli muhim loyihalarni sekinlashtirmasligi uchun qanday ishlashni o‘rganishi kerak edi. Bu «global tartibsiz» ish kuni davri edi, chunki doim ofisda kechgacha qolib ketishga to‘g‘ri kelgan. Ammo qat’iyat va albatta, hamkasblarning yordami o‘z ishini qildi.
Ilk muvaffaqiyatlardan biri — Mariya boshchiligidagi bo‘linma maqomini oshirish edi: guruhdan marketing kommunikatsiyalari alohida yo‘nalishga aylandi, uning xodimlari ko‘paydi. «Bu men uchun ham qiyin bo‘ldi. Odamlar bilan shaxsiy muloqotning muayyan tamoyillarini ishlab chiqish kerak edi. Shu bilan birga, biz kampaniya ortidan kampaniya boshlardik, ularning soni yiliga o‘ttizdan ortiq edi, ulardan to‘rt-beshtasi yiriklari edi. Ba’zan biz hatto vaqt tuyg‘usini ham yo‘qotib qo‘yar edik - biz taqvimga emas, balki loyiha joriy etilishigacha qolgan kunlar soniga e’tibor qaratar edik. Besh kundan so‘ng efirga nima chiqishini aniq bilardik, lekin bugun haftaning qaysi kuni... Lekin bu yukning ko‘pligidan emas, balki bizning ishtiyoqimiz tufayli, bular butunlay boshqa narsalar. Shuning uchun, charchoq emas, balki ish zavqi bor bo‘lgan — har kuni!» — deydi Mariya.
Har bir loyiha orqali marketing kommunikatsiyalarining jamoasi professional va albatta, martaba cho‘qqilariga ko‘tarilgan qadam bo‘ldi. Shunday qilib, yo‘nalishimiz kompaniya ichida alohida Xizmatga aylandi. Buning sababi shundaki, jamoaning rivojlanish, yangi va g‘ayrioddiy narsa qilish istagi yillar davomida zaiflashmagan.
Sevimli «bolalarim»
Yangi tariflar, qo‘shimcha xizmatlar, abonentlar uchun aksiyalar... «Beeline Uzbekistan» marketing jamoasi bozorga qancha mahsulot chiqarganini hisoblash qiyin. Va har bir loyiha o‘ziga xos aksiya bilan birga bo‘ldi. Eng yaxshi yoki eng yorqin loyihani ajratib ko‘rsatsa bo‘ladimi? Mariya buni prinsipial jihatdan rad etadi: «Bu bolalarning qaysi biri eng sevimli ekanligini aytishga o‘xshaydi. Barchasi sevimli! Har safar ishingizga 100% o‘zingizni bag‘ishlaysiz.»
Bunday fikr sub’yektiv bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo marketing ish faoliyatini baholashning aniq tizimiga ega. Har bir loyiha analitik tadqiqotlar bilan birga olib boriladi, hamma narsa o‘lchanadi: mijozlarning mahsulot haqidagi tasavvurlari, ularning ijodkorlik haqidagi tushunchasi, media-kampaniyalarning samaradorligi, boshlangan reklama aksiyalarining daromadga ta’siri. Shunday qilib, Mariya Stroyevaga oltin mukofot juda ob’yektiv mezonlar bo‘yicha topshirildi.
«Albatta, daromad va yangi abonentlar soni bo‘yicha maqsadlarga erishishga ta’sir qiluvchi «foydali» tadbirlar bo‘lgan, mavjud va bo‘ladi. Shuningdek, bizning brendimizni mustahkamlash va ijobiy hissiy muhit yaratish uchun mijozlarga mo‘ljallangan imidj kampaniyalari mavjud. Barcha loyihalar o‘z vazifalariga ega. Beeline Uzbekistan vaqti-vaqti bilan aksiyalar o‘tkazib turadi, ularda biz pul mukofotlari, avtomobillar, Smart-Home tizimiga ega kvartiralar o‘yinlarini o‘tkazganmiz. «Yulduzlar fabrikasi», raqs loyihalari bo‘lgan, yaqinda esa Beeline elektromobil sovrinli lotereyasini o‘tkazdi. Nima qadrli ekanligini bilasizmi: butun marketing jamoasi g‘oya ustida ishlasa, hisob-kitoblar, ishga tushirish va keyin abonentga sovrinni topshirish jarayonida biz ham g‘olib kabi xursand bo‘lamiz», — deydi Mariya.
Fan va san’at
Albatta, hayot faqat g‘alaba va quvonchlardan iborat emas. Mariya ham qiyin bosqichni boshdan kechirgan: uning eng yaqin insonining kasalligi olti yil davom etgan, tom ma’noda har kuni uning salomatligi uchun kurashda o‘tgan. Har qanday vaziyatda ko‘makka shay jamoa qiyinchiliklarni yengish uchun yordam bergan. «Men hamkasblarim va rahbarlarimdan cheksiz minnatdorman. Men ularning birortasini ham nomini alohida ta’kidlamayman, chunki bu qolganlarga nisbatan noto‘g‘ri bo‘lardi. Lekin hozir kim haqida gapirayotganimni odamlarning o‘zlari tushunadi. Sizlarga tashakkur, azizlarim! Umuman olganda, Beeline’ning kuchli tomoni shundaki, bizning kompaniyamiz kuchli jamoalarni yaratishga qodir, bu yerda boshliqlar va bo‘ysunuvchilar yo‘q – umumiy maqsadlarga ega hamkasblar bor. Va ularning o‘z ishlariga bo‘lgan umumiy muhabbatidir. Va siz o‘zingiz yoqtirgan narsani bajarasiz, bu — «muvaffaqiyat kimyosi», — deydi Mariya Stroyeva.
Agar biz kimyo bilan faoliyatimizni taqqoslashni davom ettiradigan bo‘lsak – uning «tarkibida» yana qanday ingrediyentlar bor? Biz yuqorida kuchli, do‘stona va iqtidorli jamoa haqida gaplashdik; har qanday loyihaga ko‘ngil qo‘yish kerak; juda «jonlantiruvchi» tarkibiy qism — bu yirik loyihalarning ko‘lami, chunki marketingning ishini butun mamlakat ko‘radi va baho beradi. Biroq Mariyaning o‘zi bu jarayonni ba’zan ilmiy izlanishlar bilan emas, balki san’at bilan qiyoslaydi: «Bu xuddi rasm chizish, uni galereyaga qo‘yish va uning atrofida to‘plangan odamlarni kuzatishga o‘xshaydi – ular ishingizni tekshirishadi, muhokama qilishadi. Va har birida bu rasm o‘z aksini topadi. Shunday qilib, men biznes va ijodkorlikning simbiozidan ilhomlanaman!»
Qanday qilib baxtli bo‘lish mumkin
Marketing kommunikatsiyalarida kamdan-kam dam olish kunlari ish bilan bog‘liq muammolarni hal qilmasdan, biznes pochtasiga elektron xatlar yoki ZOOM uchrashuvlarisiz o‘tadi. Ammo Mariya uchun bu tanish ritm. Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat boshqa turdagi ishlar chalg‘ishga yordam beradi. Agar u baribir «miyasini dam oldirmoqchi» bo‘lsa, ba’zi hiylalarni ishlatadi — tabiatdagi, tog‘lardagi «kuch-quvvat maskanlari»ga tashrif buyuradi. Yoki qizalog‘i Sasha bilan muloqot qilib, «o‘smirlik to‘lqiniga o‘tishi» mumkin. «U mening eng muhim yosh dugonam. Uning sevimli mashg‘ulotlari, qiziqishlari, suhbatlari ba’zi narsalarga munosabatimni o‘zgartiradi. Yana, men o‘zim uchun eng yaxshi erkakning sevimli ayoliman. Biz birga baxtlimiz!» — deydi Mariya.
...O‘n yil muqaddam kompaniya xodimlari o‘zga yurtga ko‘chib ketayotgan bir xodimni kuzatishgandi. Hamkasblariga birga o‘tkazgan yillar uchun chin dildan minnatdorchilik bildirganidan so‘ng, u tabassum bilan shuni qo‘shib qo‘ygan: «Beeline’da ishgandan keyin bemalol yo‘lbarslarni dressirovka qilish mumkin!»
Beeline Uzbekistan’ga endigina ishga kelgan Mariya Stroyeva bu so‘zlarni abadiy eslab qolgan. Endi, shaxsiy tajribasiga asoslanib asl ma’nosini tushuntirishi ham mumkin: «Biz bozorda birinchilardan bo‘lib ko‘p narsalarni amalga oshiramiz. Bu katta jasorat, ba’zan esa tavakkal qilish qobiliyatini talab qiladi, garchi bu xavf ortida har doim aniq hisob-kitoblar tursa ham. Bir so‘z bilan aytganda, siz shunday ishlaysizki, bundan keyin yo‘lbarsning qafasiga kirish ham siz uchun qo‘rqinchli bo‘lmaydi. Bu kuchni o‘zimda his qila olganimdan xursandman. Albatta, bu sizni uyda o‘rab turgan sokin oilaviy baxt emas, lekin u ham – haqiqiydir. Yosh hamkasblarimga maslahatim: harakat qiling, jasorat qiling, o‘zgarishlardan va innovatsion yechimlardan qo‘rqmang - shunda sizning yumushingiz albatta sevimli ishga aylanadi!»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter