Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mana o‘zbek go‘zali tayyor bo‘ldi». Nahotki, millatimiz qizlari shu qiyofada bo‘lsa?!

«Mana o‘zbek go‘zali tayyor bo‘ldi». Nahotki, millatimiz qizlari shu qiyofada bo‘lsa?!

Qo‘g‘irchoqlar millatimizdan «so‘zlaydi». Ammo negadir o‘zbekona yasalgan qo‘g‘irchoqlardan aslo ko‘nglim to‘lmaydi. Sababi qoshlari qo‘shilgan, yuzlari oytovoqdek, ko‘zlarining ta’rifiga til ojiz!

Ayniqsa, millatimiz qiyofasi aks ettiruvchi ana shunday qo‘g‘irchoqlar Samarqand, Buxoro kabi sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylarda sotilishi millat kishisini yanada o‘yga toldiradi. Qani shoiru zamon bobokalonlarimizga ilhom bergan pariro‘y chehralar? Qani Qodiriy bobomiz ta’riflagan Kumush siymolar?

Bugungisi esa oshib tushdi! TVda bir qo‘g‘irchoq «ustasi» oytovoq bir tasqara qo‘g‘irchoqni yasab turib, «mana o‘zbek go‘zali tayyor bo‘ldi», deydi! Nahotki, bizning millatimiz ayollari shu qiyofada bo‘lsa?!

Qizlarim «Kukla Barbi» singari ochiq-sochiq qo‘g‘irchoqlardan ko‘ra, o‘zimizning millatimizga xos qora qosh, qora soch qo‘g‘irchoqlar o‘ynab o‘sishini xohlaganimdan doim milliy qo‘g‘irchoqlar olishga qiziqaman. Yaqinda Samarqanddan bir qo‘g‘irchoq sotib oldim. Shu atrofda bir talay sayyohlar. Hammasi qo‘g‘irchoqni yuzini ko‘rsatib, miyg‘ida kulib qo‘yishadi...

Hurmatli qo‘g‘irchoq yasovchilar, millatimiz qiyofasini yaratayotganda ming karra e’tiborli bo‘lish ijodkor sifatida burchlisizlar, shuni unutmang.

Orzugul Rustamovaning «Facebook» sahifasidan olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring