Kulgu ustasi Mamasiddiq Sherayev vafot etdi

Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika Askiya va qizikchilik san’ati markazi asoschisi, Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Sherayev Mamasiddiq Qamchiboyevich 77 yoshida vafot etdi.
U 1999 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2021 yil Do‘stlik ordeni sohibi bo‘lgan.
2020 yildan hozirgi vaqtgacha Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Xabar.uz jamoasi marhumning yaqinlari va oila a’zolariga ta’ziya izhor etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter