Maktab o‘quvchilari Floridada norozilik namoyishi o‘tkazishdi
Amerikaning Florida shtati Parklend shahridagi «Marjory Stoneman Douglas High School» maktabida otishma yuz bergani haqida xabar bergan edik. Otishma natijasida 17 kishi halok bo‘lib, 14 kishi jarohat olgan edi.
Shu bois, Floridadagi minglab odamlar AQShda qurollarni nazorat qilishni talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazishdi. Namoyishchilarning ko‘pchiligini maktab o‘quvchilari tashkil etadi.
«Ushbu qonunlar tufayli men sevgan va bilgan odamlar o‘ldi, men ularni boshqa hech qachon ko‘ra olmayman», deydi maktab o‘quvchilaridan biri.
Odamlarning qo‘lida «Boshqa hech qachon», «Nimadir qiling va do‘stlarimning o‘lishiga yo‘l qo‘ymang», degan yozuvlar bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter