Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Loyihadan maqsad – hayvonlar salomatligiga xavf tug‘diradigan tahdidlarning oldini olish

Loyihadan maqsad – hayvonlar salomatligiga xavf tug‘diradigan tahdidlarning oldini olish

foto:depositphotos.com/ru

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamkorlikda «Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturi» doirasida yangi loyihani boshladilar. Loyihaning maqsadi hayvonlar va aholi salomatligi uchun xavf tug‘diradigan turli tahdidlarning oldini olish, aniqlash va ularga o‘z vaqtida chora ko‘rishdan iborat.

Zoonozlar (hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasalliklar) nisbatan qisqa vaqt ichida biror mamlakat yoki mintaqaga yetib borishi va keng tarqalishi mumkin. Milliy, mintaqaviy va global darajada ko‘p tarmoqli «Yagona salomatlik» yondashuvining joriy etilishi kasalliklarning samarali oldini olish va nazorat qilishga yordam beradi, chunki yangi yuqumli kasalliklarning aksariyati hayvonlarda uchraydi.

«Inson salomatligi, uy va yovvoyi hayvonlar, o‘simliklar va ekotizimlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. FAO ushbu tashabbusni inson, hayvon, o‘simlik va atrof-muhit salomatligini ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi-oziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilish doirasida qo‘llab-quvvatlaydi», – deydi FAOning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov. 

ECTAD loyihasining ushbu seminarida qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat tarmog‘i vakillari, veterinariya va chorvachilik sohasi mutaxassislari, vazirlik, idoralar, xalqaro tashkilotlar, milliy ilmiy-tadqiqot institutlari hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring