Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Las-Vegasdagi otishma qurbonlarining qarindoshlari 275 ming AQSh dollari miqdorida pul olishadi

Las-Vegasdagi otishma qurbonlarining qarindoshlari 275 ming AQSh dollari miqdorida pul olishadi

Foto: «Kommersant»

2017-yil 1-oktabrda Las-Vegasdagi musiqiy festival paytida Stiven Peddok otib tashlagan 58 kishining qarindoshlari 275 ming dollardan ehson puli olishadi. Bu haqda «Associated Press» agentligiga asoslanib TASS xabar bermoqda. Las-Vegas qurbonlari fondiga jami 31,5 million dollar pul tushgan.

«Pullarni o‘tkazish 5 martdan boshlanadi, yana o‘nta jabrdiydaga ham 275 ming dollardan beriladi», — deya xabar beradi fondning rasmiy vakili Xovard Stat.

Jamg‘armaga pul o‘tkazganlar orasida kanadalik qo‘shiqchi Selin Dion (1 million dollar), «Ultimate Fighting Championship» (UFC) boshlig‘i Deyna Uayt (1 million dollar), AQShning «Oklend reyders» futbol klubi, bokschi Mayk Tayson bor.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 1-oktabr kuni Las-Vegasdagi «Mandalay Bay» mehmonxonasi yaqinida o‘tayotgan musiqa festivali tomoshabinlariga qarata Stiven Peddok mehmonxonadagi nomeridan turib o‘q uzgan edi. Oqibatda 58 kishi halok bo‘lgan, 489 kishi yaralangan edi. Politsiya yetib kelgunga qadar Peddok o‘z joniga qasd qiladi. Federal qidiruv byurosi uni terrorchi tashkilotlarga aloqador emas deb topgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring