Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kusherbayev: «Asosiy muammolar turganda erkatoy va yarim ishlab chiqaruvchi «O‘zavtoMotors»ga imtiyoz so‘ralyapti»

Kusherbayev: «Asosiy muammolar turganda erkatoy va yarim ishlab chiqaruvchi «O‘zavtoMotors»ga imtiyoz so‘ralyapti»

Foto:«Xabar.uz»

Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalarining 2020-yil 9-oyidagi ijrosi to‘g‘risida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Moliya vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan ko‘plab tashkilotlar mablag‘larni to‘la o‘zlashtirilmaganini tanqid qilindi.

Shuningdek, deputat Maqsuda Vorisovaning aytishicha, mamlakatimizda tabiiy gaz qazib olish 19,6 foizga, gaz kondensatini qazib olish 34,7 foizga kamaygan. Aholining gazga bo‘lgan ehtiyoji nihoyatda yuqori bir paytda biz jahon bozorida narxi pasaydi, deb qazib olishni kamaytirishimiz qanchalik to‘g‘ri, degan savoliga energetika vazirligi mas’uli mamlakatimizdagi gaz va neftni qazib oluvchi qo‘shma korxonalarning ish hajmining kamaytirgani bilan izohladi.

Respublikamizda elektrga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qori bo‘lgan bir davrda 9 mlrd kilovatt soat energiya texnologik sarf va yo‘qotishlarga uchragan. Shunga mos ravishda aholi o‘rtasida elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorlik 33 foizga oshgani, to‘lovchilarning qo‘lida to‘lov kvitansiyalari borligi, ammo abonentga kelib tushmagani, tizimdagi muammolar tanqidga uchradi.

Deputat Doniyor G‘aniyev shunday dedi: «Prezidentimizning mart oyida Inqirozga qarshi jamg‘armasi tuzildi. 10 trndan ortiq tashqi qarzlar jalb qilingan. 2 trndan oshig‘i korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan. 1 trln 319 mln so‘m asosan monopol katta korxonalarga ajratilgan. Masalan, «O‘zbekneftgaz»ga 400 mlrd so‘m qaytarmaslik sharti bilan tashqi qarzdan beryapmiz. Neft va gaz dunyodagi eng daromadli soha hisoblanadi. Ular yillar davomida monopol korxona sifatida «qaymog‘i»ni yeb kelgan. Biz nega ularga tashqi qarz sifatida olingan mablag‘dan qaytarmaslik sharti bilan qarz beryapmiz? Nega sudiya emas, subsidiya?»

Yana bir taniqli deputat Rasul Kusherbayev ham shunday fiklrlar bildirdi:

«2020-yil yanvar-sentyabr oylarida «UzAvtoMotors»ga 582,6 mlrd so‘m imtiyoz berilgan. Xalq ta’lim vazirligining menga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 10008 ta umumta’lim maktablariga 1752 tasi tezkor ravishda mukammal ta’mirga muhtoj. 1228 ta maktabda bolalar sig‘mayapti. Biz birinchi darajali muammolar turganda, maktablarni tushishi mumkin bo‘lgan mablag‘larni avtomabil ishlab chiqaruvchilarga imtiyoz sifatida beryapmiz. Biz kimga yoki nimaga xizmat qilyapmiz? Kamiga Moliya vazirligi keyingi yil yana avtomobil ishlab chiqaruvchilarni, jumladan «UzAvtoMotors»ni yana yig‘imlardan ozod qilishni so‘rayapti. Buni qanday tushunishimiz mumkin? 

Mahalliy budjetlarda ortirilgan mablag‘lar jamoatchilikni fikrini inobatga olib 10 foizini yo‘naltirishi mumkin. Orttirilgan mablag‘lar negadir hokimlarimiz tomonidan qimmat-qimmat mashinalar olishga yo‘naltirib yuborilyapti. Nima jamoatchilik hokimlarimiz qimmat mashina minsin degan taklifni beryaptimi?»,- deydi deputat.

Shuningdek, Kusherbayev o‘z kanalida masala yuzasidan quyidagi mulohazani o‘rtaga tashlagan:

«Mamlakat kelajagi, Vatan ravnaqi uchun birinchi navbatda shunday muammolarni budjet hisobidan hal etish masalasi turganda bizning erkatoy, yarim ishlab chiqaruvchi va yarim savdogar monopolchimiz «O‘zavtoMotors» AJ «imtiyozli ravishda» 2020-yilning to‘qqiz oyi davomida 582.6 mlrd so‘m miqdoridagi yig‘imni davlat budjetiga to‘lamagan.

Kamiga keyingi yil ham shunday 3 foizlik yig‘imni to‘lamaslik imtiyozini saqlab qolishi mumkin.

Biz bunday imtiyoz berilishiga qarshimiz».

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring