Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun sanasi: 17 may – Yong‘oq bayrami

Kun sanasi: 17 may – Yong‘oq bayrami

Foto: Shutterstock

Bugun ko‘pgina mamlakatlarda yong‘oq kuni nishonlanmoqda. Ha, shu biz sevib iste’mol qiladigan oddiy, yumaloq Gretsiya yong‘og‘ining bayrami.

Bu bayram ilk bor Amerikada ixtiro qilingan va hatto unga milliy maqom berilgan. Kalendarda bunday noodatiy sanani belgilash g‘oyasi birinchi marta 1949-yilda yong‘oq ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini ifodalovchi Kaliforniya qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakillari tomonidan aytilgan. Biroq, to‘qqiz yil davomida bu taklif rasmiylar tomonidan ma’qullanmadi va faqat 1958-yilda AQSh Prezidenti nihoyat rasmiy bayram sanasini belgiladi va ular o‘n yettinchi mayda yong‘oq kunini nishonlashga qaror qilishdi.

Sekin-asta «yong‘oq» kuni butun dunyo bo‘ylab tarqaldi. To‘g‘ri boshqa mamlakatlarda bu kun rasman nishonlanmaydi, lekin hech kim bizni bunday yoqimli voqeadan norasmiy ravishda quvonishimizga va voqea qahramoni – yong‘oq haqida eslashimizga to‘sqinlik qilmaydi. Aslida, yong‘oqning kelib chiqishi Gretsiya bilan bog‘liqmi? Manbalarda keltirilishicha, bu o‘simlikning vatani – Markaziy Osiyo. Demak, biz ham bu kunni nishonlashga to‘laqonli haqlimiz.

Yong‘oq eng uzoq umr ko‘radigan daraxt, u ikki yuz yildan uch yilgacha yashaydi. Uning yog‘ochi qimmatbaho lekin kamdan-kam qo‘llaniladi: odamlar uning mevalari uchun yetishtirishni afzal ko‘radilar. Yong‘oq – bu issiqlikni yaxshi ko‘radigan o‘simlik – faqat oltinchi yoki sakkizinchi yilda meva bera boshlaydi.

Yong‘oq yuqori ozuqaviy tarkib, ayniqsa oqsil va muhim yog‘ kislotalarining manbai hisoblanadi.   

Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra sutkada 60 grammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda yong‘oq iste’mol qilish tavsiya etiladi.  

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yuz gramm yong‘oq – 500-600 kaloriya bo‘lib, bu keragidan ortiq miqdor deb hisoblanadi.Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 60-70 yoshdagi odamlarda yong‘oq ateroskleroz xavfini kamaytirishi aniqlandi.

Yana shifokorlar ushbu meva yurak uchun samarali malham ekanligini ta’kidlashmoqda. Uning tarkibida katta miqdordagi omega-3 yog‘ kislotalari mavjud. Bu modda yurak va qon tomirlari uchun juda foydali hisoblanadi. Shu bois butun dunyoda yong‘oqqa bo‘lgan talab juda yuqori. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar oyida xorijga qiymati 1,2 mln dollarga teng bo‘lgan 439 tonna yong‘oq eksport qilgan.

O‘zbekiston eng ko‘p yong‘oq mahsulotini eksport qilgan davlatlar:

  • Turkiya – 128 tonna;
  • Rossiya – 86 tonna;
  • Gruziya – 77 tonna;
  • Iroq – 68 tonna;
  • BAA – 29 tonna;
  • Ozarbayjon – 21 tonna;
  • Turkmaniston – 14 tonna;
  • Boshqa davlatlar – 16 tonna.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston 2022-yilda xorijga qiymati 11,4 mln dollarga teng bo‘lgan qariyb 3 ming tonna yong‘oq eksport qilgan. Eng ko‘p   mahsulot Rossiyaga (509 tonna) eksport qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring