Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kumushkon» turizm qishlog‘i tashkil etiladi

«Kumushkon» turizm qishlog‘i tashkil etiladi

«2019-2021-yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida» Hukumat qarori (1053-son, 31.12.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahri «Oltin halqa» turizm konsepsiyasi asosida rivojlantiriladi.

Shuningdek, Parkent tumanining «Kumushkon» MFY hududida «Kumushkon» turizm qishlog‘i tashkil etiladi.

Shunga ko‘ra, qaror bilan «Oltin halqa» turizm konsepsiyasi hamda «Kumushkon» turizm qishlog‘ini tashkil etish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

«Oltin halqa» turizm konsepsiyasining asosiy vazifalaridan biri hududdagi turistik maskanlarda qulay shart-sharoitlar yaratish orqali aholi va tadbirkorlarning daromadini oshirishdan iborat.

Qaror bilan Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra 45 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, 1523 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring