Kumushkon birinchi turistik qishloqqa aylantiriladi
So‘nggi vaqtlarda yurtimizda turistik qishloqlar tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yilning 1 va 3-iyun kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi davomida ham bunga doir qator topshiriqlar bergan edi.
22-iyun kuni ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mas’ul xodimlari Toshkent viloyati Parkent tumani Kumushkon mahalla fuqarolar yig‘iniga turistik qishloq tashkil etish maqsadida xizmat safari bilan tashrif buyurishdi. Bu haqda qo‘mita huzuridagi Milliy PR markazi xabar berdi.
Shu kuni Kumushkon qishlog‘ida ekohashar uyushtirildi. Mahalliy aholi qishloqda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishdi. Toshkent viloyat turizmni rivojlantirish department rahbariyati va Qo‘mita xodimlari ham o‘tkazilayotgan hasharga o‘z hissalari qo‘shib, qishloq aholisi bilan yaqindan suhbat qurishdi.
Qo‘mita xodimlari Kumushkon qishlog‘i aholisini turizm faoliyatiga keng jalb etish hamda sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Bundan tashqari, qo‘mita xodimlari qishloq va uning atroflarida turistik marshrutlar, «selfi ob’yekt»lar, shuningdek, yangi turistik ob’yektlar tashkil etish mumkin bo‘lgan hududlar bilan yaqindan tanishishdi.
Qishloq yo‘llarida piyoda sayr qilgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mas’ul xodimlari Kumushkon qishlog‘i ekoturizm ixlosmandlari uchun ajoyib maskan ekanligini, sayyohlar uchun yetarli qulayliklar yaratilsa, yurtimizning birinchi turistik qishlog‘iga aylanishini ta’kidlab o‘tishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter