Kredit olmagan yoshlar «kredit ajratilgan» deb ko‘rsatilgani aytilmoqda
Joriy yilning 31-oktyabr holatida Qashqadaryoda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 48 797 nafar yoshlardan 46 572 nafari, shundan, 4 949 nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilib, platforma orqali daftardan chiqarilgan.
Yoshlar agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan platforma (elektron baza) ma’lumotlari hamda Markaziy bankning kredit ajratilganligi to‘g‘risidagi elektron bazasi bilan solishtirilganida kreditlar ajratilgan 588 nafar yoshlar bo‘yicha farq aniqlandi.
Tanlanma yo‘l bilan Yakkabog‘ tumani 10 nafar yoshlar bilan telefon orqali suhbatlashilganida, 3 nafari kredit olish uchun murojaat qilmagani, 1 nafari murojaat qilgan, lekin ijobiy hal etilmagani ma’lum bo‘ldi.
Misol uchun: Yakkabog‘ tumani «Mustaqillik» mahallasida yashovchi Sh.Ochilov tomonidan tijorat banklariga murojaat qilinmagan bo‘lsa-da, Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan platforma (elektron baza) ma’lumotlarida «kredit ajratilgan» deb ko‘rsatilgan.
Bunday misollarni viloyatning barcha tuman (shahar)larini ham keltirish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter