Kovid-markazidagi qancha bemor ovoz bergani ma’lum qilindi
Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda prezidentlik saylovlaridagi sanitariya qoidalariga amal qilinganlik darajalari bo‘yicha ma’lumot berildi.
«Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, saylov uchastkalariga tashrif buyurgan shaxslarning 53 nafarida tana haroratining ko‘tarilishi aniqlanib, darhol boshqalardan alohida xonaga (izolyatorga) ajratildi va ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida yashirin ovoz berishlari tashkil etildi», — dedi Bahodir Yusupaliyev.
Yurtimizdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda 25 ta saylov uchastkasi tashkil etilib, shifoxonada davolanayotgan 3000 nafar saylovchi (bemorlar) ovoz berishlari uchun imkoniyat yaratildi.
Shuningdek, respublika bo‘yicha 150 dan ortiq shifoxonalarda saylov uchastkalari tashkil etilib, ularda davolanayotgan bemorlarning ovoz berishlari ta’minlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter