Koson tumani hokimi qamalgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi
Qashqadaryoda yana tuman hokimining qamoqqa olingani xabar berildi.
Ammo Koson tumani hokimligi tuman hokimi Asrol Boyqarayevning qamoqqa olinganini bo‘yicha ma’lumotni rad etgan.
«Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, Koson tumani hokimi davolanish uchun ta’tilga chiqqani va ayni paytda tuman hokimi birinchi o‘rinbosari tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarib turgani haqida xabar bergandik. Ammo bu holatni noto‘g‘ri talqin qilib, yolg‘on xabarlar tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishini ma’lum qilamiz.
Tez orada tuman hokimi sog‘ligini tiklab, yana o‘z lavozimiga qaytadi», deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi shahrining amaldagi va sobiq hokimlari, shuningdek Qarshi tumani sobiq hokimi Maqsuda Mustafayeva ham qamalgani bo‘yicha xabarlar tasdiqlanmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter