Korrupsiyaga qarshi revolyusion hujjat qabul qilinadi
Insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha revolyusion hujjatlar tayyorlanib, yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
- korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritiladi. Unga kiritilganlarga bir qator cheklovlar o‘rnatiladi;
- 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi;
- manfaatlar to‘qnashuvi deb hisoblanadigan holatlar belgilanadi, ularga yo‘l qo‘yganlar javobgarlikka tortiladi;
- korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi;
- kadrlar bilan ishlash, xo‘jalik ishlari, moliya-iqtisod bo‘linmalari va nazorat funksiyasiga ega tuzilmalar rahbarlarini har 5 yilda rotatsiya qilish mexanizmi kiritiladi;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha vakolatlari kengaytiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter