Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Korrupsiyaga qarshi kurashda qachongacha asfaltga rasm chiziladi?» — Yoshlar ittifoqi javob qaytardi

«Korrupsiyaga qarshi kurashda qachongacha asfaltga rasm chiziladi?» — Yoshlar ittifoqi javob qaytardi

Foto: AOKA

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Yoshlar ittifoqi mutasaddilari ishtirokida «Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarni shakllantirish» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, respublikamizning chekka-chekka hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlarning dunyoqarashida korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni shakllantirish maqsadida «Korrupsiya taraqqiyot – dushmani» mavzusida 230 dan ortiq muloqot o‘tkazilgan. Unda deputatlar va mahalliy yoshlar ishtirok etgan.

Ittifoq Markaziy kengashi Axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning targ‘ibotini yoshlar o‘rtasida keng yoyish maqsadida «Siz qonunni bilasizmi?» Respublika ko‘rik tanlovi o‘tkazib kelinayotganini ta’kidladi.

«OTM talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart» shiori ostida «Eng yaxshi plakat», «Eng yaxshi surat», «Eng yaxshi bayon» nominatsiyalari bo‘yicha Respublika tanlovini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi», — dedi Yoshlar ittifoqi Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish va huquqiy targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i Akmal Alimov.

Jurnalistlar muloqot davomida quyidagi savol bilan murojaat qildi: «Devorga rasm chizish, plakatga rasm chizish, bayon yozish kabi tadbirlar bilan cheklanyapsizlar. Yoshlar Ittifoqi tashkil etilayotganda unga yoshlar masalalari bo‘yicha juda katta vakolatlar berilgan edi. Nima deb o‘ylaysiz, korrupsiya tobora chuqur ildiz otayotgan bir paytda tadbirlaringizning sifati, samaradorligi eskirib qolmadimi? Qachongacha devorga rasm chizish, asfaltga rasm chizishlar bilan cheklanasizlar?»

«Yoshlar ittifoqi asosan jamoat tashkiloti hisoblanadi, — dedi Ittifoq vakili Akmal Alimov. — Bizning asosiy ishimiz — targ‘ibot, tushuntirish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat. Asfaltga, devorga yoki plakatga rasm chizish tanlovlari asosan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Faqat rasm chizish emas, huquqiy targ‘ibot tadbirlari, konferensiyalar ham tashkil etamiz. Bu yildan onlayn seminarlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi, bunda har bir sohaning mutaxassislari ishtirokida videoselektor tarzida yoshlarga ma’ruzalar o‘qib beriladi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring