Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni boshidan o‘tkazganlar uchun maxsus retseptlar ishlab chiqildi

Koronavirusni boshidan o‘tkazganlar uchun maxsus retseptlar ishlab chiqildi

Foto: «CTV News»

Britaniyalik oshpaz Rayan Rayli COVID-19dan so‘ng ta’m bilish qobiliyatini yo‘qotgan insonlar uchun maxsus retseptlarni ishlab chiqdi. Bu haqda CTV News xabar bergan.

COVID-19ni boshidan o‘tkazgan odamlarning aksariyatida hid va ta’m bilish qobiliyati zaiflashadi. Shu bilan birga, ayrim holatlarda oddiy oziq-ovqat mahsulotlari ham ularning ko‘nglini aynitadi. Ushbu alomatlar tuzalgandan keyin ham bir necha oy davomida saqlanib qolishi mumkin.

Riley yangi retseptlarni kashf etishda Britaniyaning COVID-19 tadqiqotchilari bilan hamkorlik qildi.

«Sarimsoq, piyoz yoki tuxum kabi oziq-ovqat mahsulotlari uzoq muddatli COVID bilan kasallangan ko‘pgina odamlarga yoqmay qoladi. Shunday qilib, mazali retseptlar yaratish uchun ushbu mahsulotlarning o‘rnini bosuvchi vositalarni topishimiz kerak edi», — deydi oshpaz

COVID-19 bemorlari uchun taomlarni o‘z ichiga olgan Raylining retseptlar kitobi 29-mart kuni chiqadi. Uni bepul yuklab olish mumkinligi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring