Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan xoli bo‘lgan jozibador davlatlar: ular ichida O‘zbekiston ham bor (to‘liq ro‘yxat)

Koronavirusdan xoli bo‘lgan jozibador davlatlar: ular ichida O‘zbekiston ham bor (to‘liq ro‘yxat)

Peru tog‘lari.

Buyuk Britaniyaning mashhur The Telegraph nashri dunyodagi koronavirusdan eng holi, chiroyli, turizm uchun eng ma’qul 16 davlat nomini e’lon qildi. O‘zbekiston ham reytingdan joy oldi.

1. Boliviya
Dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ushbu mamlakatni Janubiy Amerikaning boshqa to‘rt davlati o‘rab turadi. Shuning uchun bu davlat ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Boliviyada ikkita And tog‘ tizmasi va eng katta tuzli tekislik mavjud. Poytaxti ham dengiz sathidan balandda joylashgan.

Foto:«Geografiya»

2. Namibiya

Bu davlatda joylashgan Okonjima o‘yin rezervatida yulduzlar ostida tunni o‘tkazishingiz mumkin. Shuningdek, Etosha milliy bog‘iga sayohat qilish ham insonga zavq bag‘ishlaydi.

Foto:«Jankovoy.com»

3. Kuba
Gavana 2019 yilda o‘zining 100 yoshini nishonladi. Changalzor, qahva ichimliklari va tamakini yaxshi ko‘radiganlar bu davlatni yaxshi bilishadi. Ikkinchi shahar - Santyago de Kuba esa musiqiy iste’dodning o‘chog‘i.

Foto:«Tutu.ru»

4. Turkiya

Istanbulda dunyoning eng betakror biznes poytaxtlaridan biri. Qayiqda sayr qilish, ulkan osma ko‘priklari ostidan o‘tish va osmon chizig‘ini bezab turgan masjidlarning minoralarini ko‘rish - sayohat qilishga arziydi.

5. Mo‘g‘uliston
Bu juda keng mamlakat, dunyodagi eng kam aholiga ega. Yashil cho‘lning ulkan, bepoyon tekisliklari, daryo bo‘yidagi qirg‘oqlar, qor bilan qoplangan tog‘lar, zich qarag‘ay o‘rmonlari va o‘zgaruvchan cho‘llar bu kabi moviy cheksizlikning bebaho davlatiga sayohat qilish uchun asos bo‘la oladi.

Foto:«Golos.io»

6. Madagaskar
Tabiatni sevuvchilar uchun eng ma’qul tanlov, dunyoning to‘rtinchi yirik oroli Madagaskar o‘zining ajoyib hayvonot dunyosiga ega.

7. Peru
Quyoshda «qizargan» cho‘llarni, o‘ziga xos tarixga ega shaharlarni va qudratli Amazonka daryosining taftini sezishni istaganlar uchun eng yaxshi tanlov. Dengiz sathidan 3000 metr balandlikda joylashgan qadimiy xarobalar har qanday sayyohni hayratga sola oladi.

8. Maldiv orollari
Eng romantik sayohatlarni amalga oshirsa bo‘ladigan Maldiv orollari o‘zining betakror havosi bilan tanilgan. Hind okeanining 35000 kvadrat mil maydondagi 1,192 ta marjon orollar ham e’tiboridan chetda qolishi kerak emas.

9. Malta
Kasallikka qarshi kurashayotgan O‘rta yer dengizidagi boshqa mamlakatlar ichida o‘zining shifobaxshlik xususiyati bilan ajralib turadi.

Foto:«Dream-tour.uz»

10. Laos
Laos hali ham janubi-sharqiy Osiyoning ochilmagan mamlakati bo‘lib qolmoqda. Mozaika bilan qoplangan imoratlar, yo‘lbarsli va fillar bilan birga sayohat qilish sehrli sayohatni ta’minlaydi.

11. Botsvana
Oilaviy sarguzashtlar yoki unutilmas asal oyini rejalashtirganlar uchun qulay joy.

12. Janubiy Afrika
Butun mamlakat bo‘ylab vodiylarda yayov kezish, ochiq osmon ostida dam olish uchun eng qulay davlat.

13. O‘zbekiston
Telegraph nashrining yozishicha, Ispaniya kattaligiga ega bo‘lgan bu betakror mamlakat yorqinligi va ulug‘vor go‘zalligi bilan maqtansa arziydi. Buyuk Ipak Yo‘lining uchta buyuk shaharlari (Buxoro, Xiva va Samarqand), shuningdek Tyan-Shan tog‘ tizmalari zamonaviy O‘zbekiston bilan uyg‘unlashib ketgan.

Foto:«Xabar.uz»

14. Kolumbiya
Lotin Amerikasi haqida bilmagan odamlar tog‘ cho‘qqilari, salsa musiqasi, ajoyib qahva, banan, quyosh nuri, plyajlar, maymunlar, to‘tiqushlar va kapalaklar haqida ham hanuz eshitmagani achinarli. Kolumbiya shu xususiyatlarni o‘zida jamlagan mamlakat.

Foto:«TPG»

15. Vengriya
Budapesht sayyohlar tomonidan sevimli dam olish maskaniga aylangan. Shahar markazi bo‘ylab joylashgan qasrlar betakror romantikani ta’minlaydi.

16. Tanzaniya
Bu mamlakat Afrika sohillari bo‘ylab cho‘zilgan eng qulay turistik zonadir. Chunki bu yerning tabiati, ko‘llari ko‘p davlatlarda yo‘q. Eng muhimi koronavirus bilan zaharlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring