Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan davolanishda tavsiya etilgan dorilar: ularni topish osonmi?

Koronavirusdan davolanishda tavsiya etilgan dorilar: ularni topish osonmi?

So‘ngi hafta davomida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan uy sharoitida davolanish uchun tavsiya etilgan dorilari hamda mazkur dorilarning respublikamiz dorixonalarida sotuvda yo‘qligi, sotuvda mavjudlari ham oddatdagidan judayam qimmat narxda sotilayotganligi yuzasidan ko‘plab shikoyat murojaatlari kelib tushdi.

Federatsiya tomonidan 2020-yilning 15-iyul kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan uy sharoitida COVID-19 infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan «Azitromitsin», «Plakvenil», «Lopinavir/Ritonavir», «Remdesivir», «Umifenovir» hamda «Favipiravir» dorilarining dorixonalarda sotuvda mavjudligi, ularning narxi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida monitoring o‘rganishlari o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman (shahar)larida faoliyat ko‘rsatayotgan dorixonalar tanlanma usulda o‘rganilganda mazkur dorixonalarda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tavsiya etilgan dorilarning atigi bittasi «Azitromitsin» sotuvda mavjud ekanligi, 6 mingdan so‘mdan 30 ming so‘mgacha sotilayotganligi kuzatildi. Qolgan turdagi dorilar sotuvda mavjud emas.

Andijon viloyatining dorixonalarida ham faqatgina «Azitromitsin» sotuvda bo‘lib, mazkur dori vositasi 3 mingdan 36 ming so‘mgacha sotilayotganligi kuzatildi. «Plakvenil» esa viloyatning Andijon shahar, Asaka, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa hamda Shaxrixon tumanlaridagi ayrim dorixonalarda sotilayotganligi bo‘lib, uning narxi 235 migdan 282 ming so‘mgachani tashkil etmoqda.

Buxoro viloyati hududidagi dorixonalarda «Plakvenil», «Lopinavir/Ritonavir», «Remdesivir», «Umifenovir» hamda «Favipiravir» dorilari sotuvda mavjud emas. Faqatgina «Azitromitsin» dorisi sotuvda mavjud bo‘lib, mazkur dori 4500 so‘mdan 15000 so‘mgacha sotilmoqda.

Jizzax viloyati hududidagi dorixonalarda ham faqatgina «Azitromitsin” sotuda mavjud. Mazkur dori viloyat dorixonalarida 5 ming so‘mdan 8 ming so‘mgacha sotilmoqda.

Qashqadaryo viloyati hududidagi dorixonalarida olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, «Plakvenil», «Lopinavir/Ritonavir», «Remdesivir», «Umifenovir» hamda «Favipiravir» dorilari umuman sotuvda mavjud emasligi, sotuvda mavjud bo‘lgan «Azitromitsin» dorisi ishlab chiqarilgan mamlakatiga ko‘ra narxida farqlanadi. Mazkur dori vositasi 4 mingdan 38 mingcha sotilmoqda.

«Plakvenil», «Lopinavir/Ritonavir», «Remdesivir», «Umifenovir» hamda «Favipiravir» dorilari viloyat hududidagi dorixonalariga so‘ngi uch oydan beri sotuvga olib kelinmayotganligi aniqlandi.

Respublikamizning qolgan hududlarida ham shunga o‘xshash jarayon bo‘lib, «Plakvenil», «Lopinavir/Ritonavir», «Remdesivir», «Umifenovir» hamda «Favipiravir» dorilari sotuvda mavjud emas. So‘ngi uch oydan beri tarqatuvchi korxonalar tomonidan yetkazib berilmayapti.

«Azitromitsin» dori vositasi Navoiy viloyatining dorixonalarida 4 mingdan 12 mingacha sotilayotganligi, ayrim dorixonalarda umuman qolmaganligi kuzatildi. Namangan viloyati hududidagi dorixonalarda 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha, Surxondaryo viloyatida 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha, Sirdaryo viloyati dorixonalarida 6 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha, Farg‘ona viloyatining dorixonalarida 4 mingdan 36 mingacha, Xorazm viloyatida esa 4800 so‘mdan 34000 so‘mgacha, Toshkent viloyatida 4500 so‘mdan 40000 so‘mgacha, Toshkent shahrida 6 mingdan 35 mingcha sotilayotganligi aniqlandi.

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi «Golden Aziya Farm» korxonasiga qarashli dorixonada «Plakvenil» dorisi 234 ming so‘mdan sotilayotganligi kuzatildi. Uning zahirasi ham 60 dona qutidan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring