Koronavirus yuqtirganlar sonida salmoqli o‘sish kuzatildi

2021-yil 3 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 175715 (+448) nafarni tashkil etmoqda. Ta’kidlash joizki, 2 oktyabr kuni 388 ta bemor aniqlangandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
12 nafari Andijon viloyatida,
9 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
4 nafari Navoiy viloyatida,
9 nafari Namangan viloyatida,
50 nafari Samarqand viloyatida,
9 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Surxondaryo viloyatida,
27 nafari Farg‘ona viloyatida,
8 nafari Xorazm viloyatida,
114 nafari Toshkent viloyatida,
178 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1249 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter