TIV: Koreyadan qaytarilgan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun karantinda saqlanadi

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi o‘z veb-saytida 2020-yil mart oyida Seuldan Toshkentga uchadigan aviareyslar jadvalini e’lon qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
- 2020-yil 8-mart kuni – O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi;
- 2020-yil 15-mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyasi;
- 2020-yil 22-mart kuni – O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi;
- 2020-yil 29-mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyasi.
Shuni yodda tutish kerakki, Toshkentga qaytgach yo‘lovchilar poytaxtdan tashqaridagi maxsus tayyorlangan joyda 14-kun davomida karantinda bo‘ladilar. Tegishli tekshiruvdan o‘tganidan keyin yashash joyiga qaytish uchun ruxsat beriladi.
Aviachiptalar harid qilish masalalari bo‘yicha +82 2 754-1041 (KORUZBEK AGENCY) telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.
Elchixona O‘zbekiston fuqarolariga sarosimaga tushmasdan, vatanga qaytishning maqsadga muvofiqligini yana bir bor jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya qiladi. Chunki Koreya Respublikasi Hukumati tibbiyot sohasida ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda va kasallik aniqlangan taqdirda chet el fuqarolariga bepul malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini kafolatlaydi. Shu munosabat bilan Janubiy Koreya rasmiy idoralarining virus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha talablariga qat’iy amal qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ijtimoiy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini ko‘rish zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoydan olib kelingan fuqarolar ham 14 kun karantinda saqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter