Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyada Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi ochiladi

Koreyada Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi ochiladi

Kvanju shahri.

Foto: «Blog.ohmynews.com»

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida vakolatxonasini ochadi. Bu haqda agentlikning «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Xabarda 2018-yilning 8-fevral kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani qayd etiladi.

Foto: «Facebook» / Migration.uz

Uchrashuvda Koreyaning Kvanju shahrida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakolatxonasini ochish, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari va Koreya Mehnat va bandlik vazirligi o‘rtasida imzolanishi kutilayotgan O‘zbekiston fuqarolarini Koreyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun bandlikni hal etish tizimi orqali jo‘natishga oid yangi Memorandumni ishlab chiqish va imzolashga oid masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreyaning Kadrlarni boshqarish vazirligi o‘rtasidagi Memorandumni amalga oshirishga oid hamda ikki tomonni qiziqtirgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Foto: «Facebook» / Migration.uz

Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-noyabrdagi Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Koreya personalni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolangan hamda Kadrlar tayyorlash va bandlik darajasini qo‘llab-quvvatlash dasturi tasdiqlangan edi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Koreya personalni rivojlantirish instituti o‘rtasidagi ushbu memorandumni hayotga joriy etish maqsadida tomonlar o‘rtasida 2018 yilning birinchi yarim yilligida ishlash uchun ruxsatnoma olish uchun Hukumat qaroriga muvofiq, taqdim etilayotgan «Dalvarzin» maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji bazasida O‘zbekiston fuqarolarini koreys tili bo‘yicha o‘qitish markazini ochishga qaror qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring